Partiya tashabbusi amalda
Partiya tashabbusi amalda

 

Ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilgan aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishiga qaratilgan qonun loyihasida nimalar aks etyapti?

Ushbu savolga javob berishdan oldin bir masalani aytishni lozim topdik. Gap shundaki, ayni paytda parlamentda muhokamadan o‘tgan va qabul qilinish jarayonida turgan qonun loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturidagi tashabbuslardan sanaladi. Gap shundaki, partiya dasturining 8-qadamida belgilangan me’yorlardan biri mamlakatda osh tuzi ishlab chiqarishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish, jumladan, yodlashtirilmagan osh tuzini ishlab chiqaruvchilarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash masalasi edi. Ayni paytda ushbu tashabbus amalga oshish arafasida.

Qonun loyihasida Sog‘liqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, ularga qo‘yiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanyapti.

Deputatlarimizning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini muhofazalash, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, salomatlik va intellektual rivojlanish mamlakatning tayanch ustunlaridan sanaladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Oliy Majlis Davlat dasturiga takliflar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish