“Deputat so‘rovi – xalq so‘rovi”
“Deputat so‘rovi – xalq so‘rovi”

 

Albatta, deputatlarga berilgan ushbu qonuniy vakolatlar natijasida joylarda ko‘plab masalalar samarali hal bo‘lmoqda. Ayniqsa, deputatlik so‘rovi instituti ancha jonlanib qolganini ko‘rish mumkin.

Saylovchi ma’lum bir masalada deputatga murojaat qiladi. To‘g‘ri, murojaatlarni hal etishga kelganda, deputatlarga ham oson tutmaslik kerak. Ayniqsa, mahalliy Kengash deputatlariga. Ular har kuni fuqarolarni qabul qiladi, deputatlarga oson bo‘lmagan sharoitda muammolarga mutasaddilar bilan birgalikda yechim topishga intiladi.

O‘tgan yilda xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlar tomonidan hududlardagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan 2833 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan. Shundan 2042 tasi ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, 526 marotaba joylardagi hududiy rahbarlar va mansabdor shaxslarning hisobotlari va axborotlari eshitildi.

Joylarda birlamchi tibbiy xizmat sifatining pastligi aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Soha bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarning joylarda yetarlicha ijro qilinmayotgani asosiy muammolardan biri bo‘lib, bu holatdan birinchi navbatda, partiyamiz elektorati aziyat chekmoqda. Shuning uchun malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalarida deputatlik nazoratini kuchaytirish kerak.

Shuningdek, yoshlarni ishga joylashtirish, qishloq aholisini ichimlik suvi, zarur dori vositalari bilan ta’minlash ishlari tahliliy o‘rganilib, muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlanmoqda. Albatta, natijadorlik ham qat’iy nazoratga olinmoqda.

 

Bahodirxon Kamolov,

O‘zXDP Markaziy Kengashi mas’ul xodimi.

«O‘zbekiston ovozi», 5.2.2025, 5

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish