Mamlakatimizda xotin-qizlarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularning hayot va jamiyatda munosib o‘rin egallashi yo‘lida ham imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Biroq gohida shunday holatlar ham uchraydiki, ayollarning, jumladan, bolalarning zo‘ravonlikka uchrayotganiga ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Shunday mudhish jarayonlarning, ya’ni, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston XDP Gurlan tuman kengashi raisi Sh.Xudayarov va xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Matmuratova hamda ayollar ishtirokida 1-son politexnikum binosida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda davlatimizda xotin-qizlar va bolalarning manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, ularga yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.