Deputatga murojaat etgan fuqaroning muammosi joyda hal etildi
![Deputatga murojaat etgan fuqaroning muammosi joyda hal etildi](/files/original/publication/10976.jpg)
Xalq deputatlari Nishon tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Asqar Bekkamovning saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Jamoatchilik qabulxonasiga tumandagi "Balxiyak" mahallasida yashovchi 75 yoshli Eshqobil Botirov amaliy ko‘mak so‘radi. Fuqaro o‘z murojaatida oziq-ovqat mahsulotlari va davolanish uchun yordam kerakligini bildirdi.
Murojaat yuzasidan deputat A.Bekkamov Inson ijtimoiy xizmatlari markaziga bog‘lanib, muammoni o‘rganish bo‘yicha maslahatlashdi va takliflarini bildirdi.
Fuqaroga davolanish uchun bepul yo‘llanma beriladigan bo‘ldi.