![Deputat so‘rovi natija berdi](/files/original/publication/10977.jpg)
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Muhsiddin Nizomiddinov hamda partiya Markaziy Kengashi xodimi Bahodir Kamolov Parkent tumanidagi 22-maktab faollari bilan uchrashdi. Saylovchilar hududda yechimini kutayotgan muhim masalada murojaat qildi.
Gap shundaki, 2024-2025-o‘quv yilining 1-yarmida maktab o‘quvchilari ishtirokida 2 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Unda o‘quvchilar jarohat olgan olib, ma’lum bir muddat maktabga qatnay olmagan. Avtohalokat sodir bo‘lishining sababi esa yo‘lning qatnov qismi piyodalar uchun xavfsiz emas, tartibga solishga ehtiyoj bor. Ayrim haydovchilar esa bolalar ko‘p bo‘lishiga qaramay, mazkur hududda tezlikni pasaytirish haqida o‘ylamaydi. Shu sababli tezlikni cheklash uchun yo‘l belgilari va maxsus texnik vositasi bilan ta’minlash lozim.
Deputat hamda faollar yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirdi. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun deputat so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi. Tez fursatda amaliy ishlar boshlandi.
Shuningdek, bunday holat 58-maktab o‘quvchilari bilan ham ro‘y bergani aytildi va muassasa joylashgan yo‘lning qatnov qismi o‘rganildi. Umumiy ma’lumotlar yig‘ilib mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
Shu kuni M.Nizomiddinov "Bozorboshi" MFYdan yo‘llangan murojaatni ham o‘rganish uchun bir guruh faollar bilan uchrashdi. Unda 2024-yilning noyabr oyida K.Behzod ko‘chasining 400 metr qismi kovlanib ichimlik suvi uchun quvur yotqizilgani haqida ma’lumot berildi. Faollar bugungi kungacha asosiy quvur ulangan joy ochiq holdaligi va ushbu hudud ta’mir talab ekani aytildi.
Ishchi guruh yuqoridagi holat bo‘yicha mas’ul tashkilot bilan muammoni ijobiy hal qilish bo‘yicha ishlarni kelishib oldi. Deputat murojaatdagi masala yuzasidan barcha ma’lumotlarni yig‘ib mas’ullarga deputatlik so‘rovi chiqardi. So‘rov ijrosi nazoratga olindi.