Safimizdagi yoshlar «Zakovat»da bellashdi

 

O‘zbekiston XDP Xorazm viloyati hamda Urganch shahar kengashi, shuningdek, Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda «Safimizdagi yoshlar» loyihasi doirasida universitetning tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP viloyat kengashi rais o‘rinbosari U.Qo‘chqarov so‘zga chiqib, partiya dasturiy g‘oyalariga to‘xtalib o‘tdi. Undagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid tashabbuslarga e’tibor qaratdi. Shuningdek, yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish maqsadida tashkil qilinayotgan intellektual o‘yin ishtirokchilariga omad tiladi.

Aqllar bellashuvi yuqori kayfiyatda va qizg‘in davom etdi. Turnir natijalariga ko‘ra, sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalarga partiyaning «Faxriy yorliq»lari topshirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish