Deputat mahallada sayyor qabul o‘tkazdi
Chortoq tumani 1-sektor hududida joylashgan "Damariq" mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Sh.Abdullajanov sayyor qabul o‘tkazdi. Unda mahalla istiqomat qilayotgan bir guruh saylovchi turli masalada deputatdan amaliy yordam so‘radi.
Fuqarolar hududni gazlashtirish borasida murojaat qildi. Deputat masalani mas’ullar bilan kengashib, hal etadigan bo‘ldi.
Shuningdek, yangi turar joylari uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda huquqiy maslahat va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi. Murojaatda tilga olingan boshqa masalalar ham tegishli tartibda hal etildi.
Murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi tushuntirildi.