Bola huquqlari kafolatlariga oid qonun quyida muhokama qilinmoqda
Bola huquqlari kafolatlariga oid qonun quyida muhokama qilinmoqda

 

Bolalar har doim mehrga, g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘ladi. Ularning huquq va erkinliklari to‘liq kafolatlanishi esa shaxs sifatida shakllanishi, davlat va jamiyat istiqboli mustahkam bo‘lishida nihoyatda muhim.

O‘zbekiston XDP Hazorasp tuman kengashi tomonidan tumandagi 45-son maktabda «Muhokama, tahlil va taklif» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunining mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston XDP Hazorasp tuman kengashi raisi, tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari M.Vaisov, 45-son maktab direktori o‘rinbosari T.Ataboyev, maktab o‘qituvchilari, mahalla faollari qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash, ularni himoya qilish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Mutaxassislar qonunining qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilayotgan moddalari xususida ma’lumot berdi. Yangiliklar bolalar hayoti va kelajagiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga oid fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish