Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari Ko‘kdala tumanida joylashgan «Soybo‘yi» MFYda yashovchi aholi vakillari bilan uchrashdi.
Xususan, deputat U.Julbulov mahalla yettiligi bilan suhbatda mahalladagilarni tashvishga solayotgan muammolarni tingladi. Ularning ayrimlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi jo‘natish belgilab olindi.
Uchrashuvda aholi tomorqalaridan unumli foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tomorqa daromad manbai ekani ta’kidlanib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi.
Shuningdek, deputat «Ko‘kdala» MFYda ham bo‘lib, u yerdagi fuqarolarning murojaatlariga quloq tutdi.
Tadbirda kambag‘al oilalarga biriktirilgan nuroniylar hamda ko‘cha boshilari ishtirok etdi. Suhbatlar davomida aholining turmush tarzini yaxshilash, farovonlikni ta’minlash haqida so‘z bordi. Shu bilan birga, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish, ishsizlikni kamaytirish migratsiyadan qaytganlarni ish bilan ta’minlash masalalarida fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuvda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, chora-tadbirlar belgilandi.