“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida

 

O‘zbekiston XDP Termiz shahar kengashi raisi, shahar Kengashidagi partiya guruhi a’zosi T.Berdiyev tomonidan shahardagi "Pattakesar" mahallasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda mahalla yettiligi a’zolari va mahalla faollari ham ishtirok etdi. Uchrashuvda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z bordi.

Deputat mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari to‘g‘risida, jumladan o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish, hamda biologik xilma-xillikni saqlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi. 2025 yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida fikrlarini bildirdi.

Suhbatda, shuningdek, dasturda belgilangan vazifalar ijrosi partiya dasturiy maqsadlariga hamohang ekani ta’kidlandi. Shundan kelib chiqib, targ‘ibot tadbirlariga hamda dastur ijrosi ustidan nazoratga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha ham chora-tadbirlar belgilandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish