Deputatlar elektorat holidan xabar olmoqda

 

O‘zbekiston XDPdan saylangan deputatlar mahallalarda bo‘lib, odamlar bilan suhbatlar tashkil qilmoqda. Qo‘rg‘ontepa tuman partiya kengashi bo‘lim boshlig‘i hamda 4-Ustoz saylov okrugi deputati F.Qodirova ham saylovchilar bilan uchrashdi.

Xususan, “Birlik” ko‘chasida yashovchi 1-guruh nogiron Hakimaxon Qurbonovaning holidan xabar olindi. Onasi Zumradxon Ismonovaning murojaatiga ko‘ra tuman Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mutaxassislari bilan bog‘lanib nogiron bolaga qarab o‘tirgan onasiga ustama puli nega to‘lab berilmayotganiga aniqlik kiritildi. Onaxonning masalasi qonun doirasida hal qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston XDP Asaka tuman kengashi bo‘limi boshlig‘i Maxbubaxon Qodirova “Ijtimoiy himoya asosiy maqsadimiz” loyihasi asosida tumandagi “Hamdo‘stlik” MFY “Qanoat” ko‘chasida yashovchi kam ta’minlangan oilalarga bordi. Jumladan, 1-guruh nogironi Janonxon aya Qosimova xonadonida bo‘lib, u kishi bilan suhbatlashdi.

Muloqot davomida ayolning shifoxonada yotib davolanishga hamda dori-darmonga muhtojligi o‘rganildi. Deputatning ko‘magida tuman KTMP orqali bepul order bilan ta’minlash uchun ro‘yxatga qo‘yildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish