Xotin-qizlar va yoshlar jamiyat hayotidagi faol ishtirokchi

 

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Xalq demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Qodirxonova ishtirokida “Ijtimoiy masalalarda yoshlar va xotin-qizlarning rolini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbarxon Mamajonova, xalqaro toifadagi psixolog Zebiniso Rahmatullayeva ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab institut tarixi, faoliyati, xorijiy aloqalari, ilmiy-ijodiy sohalarda erishilayotgan natijalar bilan yaqindan tanishdi.

Muloqotda esa ishtirokchilarga bugungi kunda yurtimizda yoshlar va xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar haqida so‘z bordi. Shu bilan birga, o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish kabi bir qancha mavzular bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, ijtimoiy masalalarda yoshlar va xotin-qizlarning roli tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular jamiyatning kelajagi, yangi g‘oyalar va tashabbuslar manbai hisoblanadi. Yoshlar va xotin-qizlar o‘zlarining bilimi, energiyasi va yangi fikrlash uslublari bilan ijtimoiy hayotda faol ishtirokchiga aylanib bormoqda. Bu esa jamiyatni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Mutaxassislar mavzu yuzasidan ishtirokchilarning fikrlarini tingladi. Ularning savollariga atroflicha javob qaytarildi.

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish