Deputat mahallada sayyor qabul tashkil qildi
Deputat mahallada sayyor qabul tashkil qildi

 

O‘zbekiston XDP Urganch tuman kengashi tomonidan «Deputat mahallada» loyihasi doirasida Urganch tumanidagi Chondir mahallasida sayyor qabul tashkil qilindi.

Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Z.Saidniyozova, tuman IIB boshlig‘i B.Hayitboyev, xalq qabulxonasi mudiri R.Sapayev ishtirok edi. Mas’ullar fuqarolarning murojaatlarini birma-bir tingladi.

Aholi vakillari tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda issiqxona tashkil etish uchun kam foizli kredit olishda amaliy yordam so‘radi. Shu bilan birga, ayollar va yoshlar daftariga kirish yuzasidan murojaat bo‘ldi.

Masalan, Siroj Madrahimov chorvachilik bilan shug‘ullanish niyatida ekani va buning uchun kam foizli, imtiyozli kreditga ehtiyoji borligini bildirdi.

Fuqaroning shu murojaati shu yerning o‘zida yechimini topdi. Ya’ni, kam foizli 33 mln so‘m kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Xuddi, shuningdek, fuqaro Oysuluv Palvanovaga ham issiqxona tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Muammolar joyida hal etildi, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda deputat so‘rovi yordamida hal qilinadigan bo‘ldi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish