O‘zbekiston XDP tashabbuslaridan bo‘lgan «Deputat mahallada» loyihasi doirasida tashkil etilgan amaliy tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, partiya fraksiyasi a’zosi A.Alliyarova, Taxtako‘pir tuman partiya kengashi raisi, tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari Q.Jaliyev «Ǵárezsizlik» mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish olib bordi. Xususan, hududdagi dam olish markazi qurilishi bilan tanishdi.
Shuningdek, deputatlar ushbu hududdagi xususiy tadbirkor A.Madreymov tomonidan tashkil etilgan «Kawsar» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tayyorlanish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Aholini sut va ust mahsulotlari bilan ta’minlab kelayotgan MCHJdagi xodimlar bilan suhbatlashildi. Ularni o‘ylantirayotgan masalalar haqida muloqot o‘tkazildi.