Partiya elektorati doimo e’tiborda

 

O‘zbekiston XDP o‘z elektorati manfaatlarini himoya qilishda, nogironligi bor shaxslarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda partiya xodimlari va deputatlar faollik ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Sayyora Imamova O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida bo‘ldi. Deputat nogironligi bor shaxslarning manfaatlarini himoya qilishda va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Muassasa rahbari Parshagul Dauletiyarova bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda nogironligi bor shaxslarga yaratilgan sharoitlar, ularning turmush tarzini yengillashtirish uchun olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, ularni qiynab kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, sharoitlarni yanada yaxshilash borasida takliflar bildirildi.

Deputat O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoshida tashkil etilgan tikuv sexida bo‘lib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Amaliy tadbir davomida Sayyora Imamovaga O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov va partiya mas’ullari hamrohlik qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish