O‘zbekiston XDP Asaka tuman kengashi xodimlari Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi talabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Unda "Yosh siyosatchilar maktabi" imkoniyatlari haqida so‘z bordi.
Tadbir davomida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmat turlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Bu borada partiya dasturida belgilangan vazifalar, g‘oya va tashabbuslarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, partiyaning yoshlarga oid siyosati, ular uchun joriy etilgan loyihalar bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot berildi. Ishtirokchilar partiyaga kimlar va qay tartibda a’zo bo‘lishi mumkinligi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Shunga o‘xshash tadbir Baliqchi tumanida ham tashkil etildi. Xususan, tuman kengashidagi partiya guruhi a’zosi Go‘zalxon Dehqonova va Go‘zalxon Hamidova tuman Yoshlar agentligining barcha mahalla yoshlari bilan "Safimizdagi yoshlar" loyihasi asosida uchrashuv o‘tkazdilar.
Tadbirda yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosatiga oid masalalar haqida so‘z bordi. Jumladan, mahalla yettiligidagi yoshlarning vazifalari va kelajakdagi rejalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, "O‘zbekiston-2030" strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi mazmun va mohiyati tushuntirildi.
Deputat Go‘zalxon Dehqonova bilan tuman partiya kengashi raisi Matlubaxon Halilova boshchiligida tadbir esa "Yakkatol" MFYdagi 2-son kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tdi.
Unda yoshlarni bugungi kunda nimalar ko‘proq qiziqtirayotgani va ularning istaklari haqida so‘z bordi. O‘quvchilar kelgusi rejalari va maqsadlari xususida gapirib berdi. O‘z navbatida mas’ullar ularning amalga oshishida zarur bo‘lgan vositalarga to‘xtaldi.
Shu bilan birga, uchrashuvda joriy yilgi Davlat dasturi mazmun va mohiyati tushuntirildi. Unda belgilangan vazifalar partiya dasturiy maqsadlariga hamohang ekaniga urg‘u berildi.
Ustozlar va yoshlar o‘zlari tomonidan berilgan savollarga qoniqarli javoblar oldilar. Natijada 5 nafaryigit-qiz partiya safiga qabul qilindi va guvohnomalarga ega bo‘ldi.