Markaziy Kengashda dastur muhokamasi

 

“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminarning navbatdagisi O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutaxassislari, partiya Markaziy Kengashi, Toshkent shahar va tuman kengashlari xodimlari, hududiy kengashlar mas’ullari ishtirok etdi. Tabiiyki, asosiy e’tibor Davlat dasturidagi ustuvorliklarga qaratildi.

Avvalo, dasturda bugungi kunning global masalasi, ya’ni ekologiyani himoya qilish va shu orqali inson salomatligini muhofazalashga oid muhim masalalar o‘rin olgani e’tirof etildi. Shu bilan birga, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, turmush tarzini yaxshilash bilan bog‘liq tizimli chora-tadbirlar belgilanganiga urg‘u berildi.

E’tiborlisi, dasturdagi ijtimoiy masalalar bevosita partiya dasturiy maqsadlariga uyg‘un ekani alohida qayd etildi. Bu borada qator misollar keltirilib, ularni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi. Zero, Davlat dasturi ijrosida siyosiy partiyalar hamda deputatlik birlashmalari nafaqat nazoratchi, balki ijrochi sifatida ham muhim o‘rinni egallaydi. Shu ma’noda oldinda turgan vazifalar ahamiyati tushuntirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Davlat dasturiga takliflar
← Roʻyxatga qaytish