Yoshlarning tanqidiy va strategik fikrlash darajasi sinovdan o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Nurafshon shahar Ma’naviyat markazida oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Siyosatdagi yoshlar» intellektual turnirini tashkil etildi.

Turnirda Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘rta Chirchiq tumani agrosanoat va transport texnikumi, 2-sonli politexnikumidan 2 ta dan jamoa, shuningdek, Olmaliq shahar Ipak yo‘li va innovatsiyalar universiteti jamoasi ishtirok etdi.

Birinchi shartda yosh siyosatchilar biletlarga yashiringan Konstitutsiyamizda keltirilgan moddalarning jumlalaridan birini tanlaydi va uni qaysi moddaga moddaga tegishli ekanini aytadi hamda moddani sharhlab, hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Asosiy e’tibor yoshlar siyosat asoslarini amaliy natijalarga aylantirishda samarali usullarni ta’minlash, o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun yosh yetakchilarning imkoniyatlarini havola qilishga qaratildi.

Ikkinchi shartda tezkor savol-javob shaklida o‘tdi. Shuningdek, bahs-munozaralarga bag‘ishlangan shart ham bajarildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin O‘rta Chirchiq tumani Agrosanoat va transport politexnikumiga nasib qildi. Ikkinchi o‘ringa Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali jamoasi, uchinchi o‘ringa ayni shu oliygohning «Everest» jamoasi ega bo‘ldi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish