Partiyaning saylovoldi maqsad va vazifalari amalda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Shokirjon Ahmedov Farg‘ona shahrida joylashgan Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumiga bordi. Deputat ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildi. Xususan, tibbiyot sohasi xodimlariga subsidiya asosida qanday imkoniyatlar taqdim etilishi, ularning farzandlari uchun oliy ta’limga kirishdagi imtiyozlar masalasida so‘z yuritildi. O‘z navbatida yoshlarning ham fikrlariga quloq tutildi.

Deputat savollarga atroflicha javob qaytardi. Ya’ni, davlat tomonidan tibbiyot sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida hududlardagi ta’lim maskanlarida o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlarni doimiy monitoring qilish bo‘yicha mutasaddilar bilan kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish