Deputatlar hududlarda yangicha yondashuv asosida o‘rganishlar olib bormoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Imomnazar Tursunov Qarshi shahridagi 10-sonli maktabda bo‘lib, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Deputat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati hamda qabul qilinayotgan qonunlar haqida tushunchalar berdi.
Shundan keyin deputat maktabdagi kasb-hunarga o‘rgatish va inklyuziv ta’lim olib borish jarayonlari bilan tanishdi.
Shu bilan birga, ta’lim maskanlarida mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari borasida ham alohida o‘rganishlar tashkil etildi. Tahlillardan kelib chiqib, kelgusida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘rganishlar davom etmoqda.