Xalqning fikrini eshitish islohotlarga kuch beradi

 

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqning dard-u tashvishi bilan yashash, ularning muammolariga yechim topish – har bir rahbarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Aholini tashvishga solayotgan masalalarni o‘rganish va ularga amaliy yordam berish maqsadida Rishton tumani "Nosgar" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zokirjon Zohidov va Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov ishtirok etdi.

Qabul davomida aholi turli masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Xususan, fuqarolar sog‘lig‘ini tiklash uchun bir martalik moddiy yordam berish, yashash xonadonlarini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida yer maydoni ajratish va boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘z murojaatlarini bildirdi.

Ularning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlarining yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish