Qonunchilik palatasi deputati yoshlar bilan uchrashdi

 

Qarshi davlat universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Imomnazar Tursunov talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida yoshlarga oid davlat siyosati haqida so‘z bordi. Shuningdek, ularning istaklariga ko‘ra “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati, konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Muzaffar Turopov hamda bir guruh yoshlar o‘z fikrlarini bildirdi. Tadbir savol-javoblar bilan yakun topdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish