Intellektni rivojlantiruvchi seminar

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyati va Toshkent shahar kengashlari hamda tuman va shahar tashkilotlari rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.

O‘quvda partiyaning «Yoshlar qanoti» faoli, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti AKT startaplarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Shahzodbek Yetmishboyev ishtirokida «Sun’iy intellekt» mavzusida amaliy seminar-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminar zamonaviy texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha ilg‘or bilim va ko‘nikmalarni oshirish, uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlardagi o‘rnini tahlil qilish masalalariga qaratildi. Ishtirokchilar sun’iy intellektning dolzarb yo‘nalishlari, davlat boshqaruvidagi roli, jamiyat hayotiga ta’siri hamda partiya faoliyatida undan foydalanish imkoniyatlari haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, qatnashuvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Aytish kerakki, bu kabi tadbirlar partiya a’zolarining texnologik savodxonligini oshirish, siyosiy qarorlar qabul qilishda zamonaviy innovatsiyalardan foydalanish va O‘zbekistonning raqamli rivojlanish strategiyasiga hissa qo‘shish maqsadida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish