Deputat va mahalla hamjihatlikda muammolarni hal qilmoqda

 

Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Dilafruz Ahmedova «Yangihayot» MFY yashovchi aholi vakillarining murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Gap shundaki, mazkur mahalladagi «Taraqqiyot» ko‘chasi yangi asfalt qilingan. Biroq suv quvurlari o‘tkazilish uchun bu yo‘l kovlanib, shu holicha tashlab qo‘yilgan. Ushbu holat aholi va transport vositalarining harakatlanishida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Murojaat yuzasidan deputat mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqardi.

Ayni mahallaning «Sohibkor» ko‘chasida ham zudlik bilan chora ko‘rilishi kerak bo‘lgan masala bor edi. Ya’ni, suv quvuri ustidagi beton sinib ketgan. Bu esa bolalar uchun xavf tug‘dirmoqda. Deputat suv-oqava tashkiloti bilan bog‘lanib, vaziyatni tushuntirdi. Tashkilot xodimlari singan betonni yangisiga almashtirib, quvur ustini berkitdi.

Shuningdek, fuqarolar, D.Yulchiyeva 2-guruh nogironi, 1-guruh nogironi T.Zokirova dori-darmon dori-darmon uchun, nogiron onasiga qarayotgan fuqaro S.Atajanova kiyim-kechak olish uchun moddiy ko‘mak so‘radi. Mahalla bilan hamkorlikda bu murojaatlar ham ijobiy hal etildi.

Murojaatlari hal bo‘lgan fuqarolar yaxshi kayfiyatda deputatning tashabbusiga javob berdi. Hududda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish