Aholi salomatligini saqlash – millat salomatligini saqlash demakdir

 

Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Bejizga, BMT kabi xalqaro tashkilotlar ham ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash bo‘yicha yondashuvni mutlaqo o‘zgartirish vaqti kelganini ta’kidlamayapti.

Zero, ideal holatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari barchani oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Shu bilan birga, bunday holatda inson manfaatlari yo‘lida ham qishloq xo‘jaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi ta’minlanadi. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda Qonunni qayta ko‘rib chiqish zarurati mavjud. Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini butun oziq-ovqat zanjirida “daladan dasturxongacha” yondashuviga asoslanganligi prinsipi asosida ta’minlash talab etiladi. Oziq-ovqat mahsuloti sohasining real rivojlanish holatini va mavjud ilmiy salohiyatni hisobga olgan holda, uning xavfsizligini boshqarishning integrallashgan va samarali tizimini joriy etish zarur.

Yuqoridagi munosabatlarni tartibga olish zaruriyatidan O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi XDP fraksiyasi yig‘ilishida muhokama qilindi.

Fraksiya rahbari o‘rinbosari D.Mamajanova avvalgi asosida normalarning aksariyatida oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini ta’minlashda qo‘llaniladigan xalqaro prinsiplar, standartlar va amaliyotlar aks ettirilmaganligi, vakolatli davlat organlarining vazifalari aniq belgilanmaganligini e’tirof etib, qonun tashabbuskorlaridan bu borada qonunning huquqiy mexanizmlari hamda normalarini yanada kuchaytirishni taklif qildi.

Shu bilan birga, deputat Sh.Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha bitimni qabul qilinishini talab etishini, shu munosabat bilan, oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini ta’minlashning xalqaro talablarini joriy etish, vakolatli organlarning funksiyalarini aniq belgilash zarurligini ta’kidladi.

Navbatda muhokama etilgan «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda deputatlar tomonidan alohida muhokama qilindi.

Deputat A.Nurmatov so‘nggi yillarda sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimolini o‘rganadigan, sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi obyektini ko‘zdan kechirishni amalga oshiradigan, sug‘urta hodisasi mavjudligini aniqlash tizimida jiddiy kamchiliklar mavjudligini ta’kidlab, bu borada monitoring tizimini joriy etilmaganligi sabablarini ochiqlashni tashabbuskorlardan so‘radi.

Navbatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishida tashabbuskorlar tomonidan kiritilgan qonun loyihalari qatorida «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, Q.Qosimova harbiy ro‘yxatga olish va undan chiqarish tartibini, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risidagi axborotlar hamon an’anaviy tarzda ishlayotganligini, bu borada jiddiy kamchiliklarni borligini alohida ta’kidladi.

Fraksiya a’zolari kun tartibida muhokama qilingan barcha qonunlar loyihalari yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirar ekanlar, tashabbuskorlardan har bir qonun loyihasi inson manfaatlariga xizmat qilishini, shu bilan birga, partiyaning saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish borasida maqsad va vazifalarga hamohang bo‘lishi lozimligini alohida ko‘rsatib o‘tdilar.

Fraksiya a’zolari loyihani konseptual jihatdan ma’qulladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish