Kelajak me’morlari

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ana shunday ta’rif egalari bo‘lgan xotin-qizlar uchun tashkil etildi. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ayollarning o‘rni: buyuk kelajak me’morlari” mavzusidagi amaliy seminarda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, faol yoshlar qatnashdi.

Tadbirni Toshkent shahar kengashi raisi Sirojiddin Shonazarov boshqarib bordi.

Seminarda dastlab Senat a’zosi Malika Qodirxonova "Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy omili" mavzusida taqdimot qildi. U o‘z so‘zida bugun xotin-qizlarning faolligini oshirish, gender tengligini ta’minlash, xalqaro maydonda yurtimiz ayollariga nisbatan hurmat va e’tiborni oshirish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Senat faoliyatiga oid ma’lumot berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Mamajonova davlat va jamiyat rivojida ayollarning o‘rni va huquqlari masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Bu boradagi amaliy ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Partiya Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova esa “Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda partiyaning roli: amaliy natijalar va yangi tashabbuslar” mavzusidagi taqdimoti bilan qatnashdi. Amalga oshirilgan va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratdi.

Bu galgi tadbirga savol-javob va ishtirokchilar fikrlari yakun yasamadi. Tashkilotchilar 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini tabriklab, sovg‘alar taqdim etdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish