Deputat so‘rovi orqali muammo ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Omon Muxtorovga «Shanba» MFYdagi «Obodmahalla», «Xalqobod» va «Shamsiobod» qishloqlari fuqarolari tomonidan murojaat bo‘lgan edi.
Gap shundaki, aholi xonadonlarida zax ko‘tarilishi natijasida bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shuning uchun hududdan o‘tgan zaxkashni tozalash zarur.
Mazkur masala bo‘yicha deputat tomonidan tuman melioratsiya bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Ana shular asosida maxsus texniklar yordamida zaxkash yerlar qazilib, qamishlardan tozalandi. Natijada zax ko‘tarilishining oldi olindi.