O‘zbekiston XDP Qorovulbozor tuman kengashi «Cho‘lquvar» MFY boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisining o‘tgan yilgi faoliyatga oid hisoboti eshitildi.
Yig‘ilish qaroriga asosan boshlang‘ich partiya tashkiloti raisligiga tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori O.Aslonov saylandi.
Xuddi shunday tadbir O‘zbekiston XDP Farg‘ona shahar kengashi tashabbusi bilan «Farg‘onaazot» BPTda ham o‘tkazildi. Unda bir qator masala ko‘rib chiqildi.
Xususan, BPTlarning 2024-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi va tashkilot yetakchisini saylash masalasi ovozga qo‘yildi. Yig‘ilishda «Farg‘onaazot» BPT yetakchisi etib M.Tillyaxadjayev qayta saylandi.
Shuningdek, hisobot-saylov yig‘ilishlarida 2025-yilga oid davlat dasturidagi hamda partiya dasturidagi ustuvorliklardan kelib chiqib, BPTning joriy yildagi vazifalari belgilab olindi.