“Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida Samarqand davlat Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, filial mas’ul xodimlari, xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiyaning “Yoshlar qanoti” a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari M.Yesengeldiyev,  Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktorining birinchi o‘rinbosari, xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi deputati X.Abdijaliyev bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning o‘z tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishda partiya tashkilotlari va deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu nuqtai nazardan, tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb qilish, ularning tashabbuslari va takliflarini olish, yoshlarning siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, partiya safiga jalb qilish va partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini tushuntirishdan iborat.

Uchrashuvda shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlari deputatlik birlashmalarining asosiy tayanch bo‘g‘ini sifatida sessiya qarorlarini, qonunchilikdagi yangiliklarni, avvalo, boshlang‘ich partiya tashkilotida muhokama qilish va takliflar olishni tajribaga aylantirish maqsadida partiya elektorati manfaatlariga xizmat qiladigan masalalar “boshlang‘ich partiya tashkiloti – deputatlik guruhi – sessiya” tizimida muhokama qilinishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qabul qilingan partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarorining mazmun-mohiyati haqida ham tushunchalar berildi. Tadbir davomida filial hamda partiya a’zolarining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining “Gulzor” mahalla fuqarolar hududida yangi “Veterinariya” boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi va uning raisi etib filialning yoshlar yetakchisi Berdax Xo‘jabergenov saylandi.

Uchrashuv yakunida partiya safiga yangi qabul qilingan yoshlarga partiyaning a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Dovud Abibullayev,
Maqsad Habibullayev (surat),
O‘zA

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish