BPTlar faoliyati sarhisob qilinmoqda

 

Bugungi kunda Shumanay tumanida 2164 ta O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zo bo‘lib, ular 39 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti tarkibida birlashgan. Shu kunlarda partiya Ustavining tegishli bandlariga muvofiq, boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi “Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi” BPTda tashkil etilib, unda boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi A.Jaqsыmuratovning hisoboti tinglandi.

Majlis davomida partiya saylovoldi dasturidagi hamda “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2025 yildagi ustuvor vazifalari belgilanib olindi.

Nishon tuman partiya kengashiga qarashli “Samarqand" MFY BPTda ham ana shunday yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston XDP tuman kengashi raisi A.Bekkamov, boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari va partiya faollari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda BPT yetakchisi O.Norqulovning o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Xususan, yurtimizda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligi aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib etish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda partiya a’zolari safini kengaytirish masalalariga to‘xtaldi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati qoniqarli deb baholanib, Boysun Halilov “Samarqand MFY ” BPT yetakchisi etib yangi saylandi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish