Deputatlar aholining ijtimoiy muammolarini o‘rgandi

 

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda aholi xonadonlarida bo‘ldi.

Xususan, bir necha fuqaroning ijtimoiy yo‘nalishdagi muammolari joyiga chiqib o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Xo‘ja Uchqun va "Jaloyir" mahalla fuqarolari yig‘inidagi bir qancha xonadonda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar mavjud. Holat haqida mahalla ahli o‘z fikrlarini bildirishdi.

Shuningdek, deputatlar "Binokor" mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan bir nafar fuqaro bilan ham uchrashdi. Muloqotlar davomida uning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi borligi aniqlandi. Buning uchun unga kerakli tavsiyalar berildi. Ishini yo‘lga qo‘yishi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish