Elektorat holidan xabar olinmoqda

 

O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi xodimlari Xiva tumanidagi Xiva «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida yashovchi elektorat vakillari holidan xabar oldi.

Aytish kerakki, muassasada 326 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar davolanib, istiqomat qiladi. Ularning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Xususan, «mehnat terapiyasi» ham shular jumlasidandir. Tarbiyalanuvchilarni mehnat terapiyasiga jalb qilish uchun yordamchi xo‘jalik hududida bog‘dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, parrandachilik, chorvachilik yo‘nalishlari mavjud.

Shuningdek, duradgorlikka qiziquvchilar xo‘jalik ishlarida foydalaniladigan turli yog‘och qutilar yasash va shunga o‘xshash boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. Asalarichilikka qiziqqanlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi rais o‘rinbosari U.Qo‘chqarov va xodimlari ushbu yo‘nalishlarda qilingan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ishchi guruh keksa yoshdagi yurtdoshlarimizning ham suhbatini oldi.

Elektorat vakillarini yo‘qlash tadbirlaridan yana bir Surxondaryoda o‘tkazildi. «Quvonch va mehr ulashaylik» aksiyasi doirasi O‘zbekiston XDP Muzrabot tuman kengashi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va «Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli» tuman bo‘limi hamkorligida «Obod turmush» mahallasida yashovchi fuqarolar holidan xabar olindi.

Jumladan, 15 ta xonadonga kundalik turmushda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi va ularni tashvishga solayotgan muammolar o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish