O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yashnobod tuman kengashi tomonidan Shohsanam MFY binosida hududiy boshlang‘ich partiya tashkilotlari (BPT) ning hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Unda BPTning o‘tgan davrdagi faoliyati bo‘yicha hisobot tinglandi va mahallalardagi dolzarb masalalar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, partiya tashabbuslarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda yangi reja va vazifalarni belgilash borasida ishlab kelishib olindi.
Namanganlik quyi bo‘g‘in vakillari ham faoliyatini tahlil qilmoqda. Xususan, Uchqo‘rg‘on tumanida 5761 ta O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zo bo‘lib, ular 64 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti tarkibida birlashgan. Shu kunlarda partiya Ustavining tegishli bandlariga muvofiq, boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
“Tuman Maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti” binosida Yoshlar agentligi tuman bo‘limida tashkil etilgan tadbirda BPT yetakchisi X.Abduqaxxarovning hisoboti tinglandi.
Hisobot yig‘ilishida qatnashgan xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tuman kengashi kotibiyat mudiri X.Yunusov so‘z olib, BPT amalga oshirgan ishlari va kelgusida partiyaning 100 ta maqsadni o‘zida jamlagan “15 qadam” dasturidan foydalanib, elektoratlarimizga xizmat qilish birinchi maqsadga aylanishi eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati qoniqarli deb baholanib, Husniddin Abduqaxxarov “Uchqo‘rg‘on tuman” BPTning yangi yetakchisi etib saylandi.
O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi Axborot kutubxona markazi boshlang‘ich partiya tashkilotida ham o‘tgan yilgi faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqdi.
Yig‘ilishda BPT yetakchisi Hakimaxon Mamasoliyeva partiya faoliyatida olib borgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi va BPT yetakchiligiga yana qayta saylandi.