O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida deputatlarning faoliyati, ularga berilgan vakolatlar, burch hamda vazifalari, qonuniy huquqlaridan to‘laqonli foydalanish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan o‘quvda Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova bugungi kun deputatlar oldida turgan ustuvor vazifalar, g‘oya va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda partiya guruhlarining rolini oshirish masalasida mulohazalarini bildirdi. Xususan, murojaatlar bilan ishlash, deputatlik nazoratining eng tezkor amalga oshiriladigan shakli bo‘lgan deputat so‘rovi institutidan faol foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Seminarda Markaziy Kengash boshqarma boshlig‘i Mavjuda Hasanova “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning mazmun mohiyatini mahalliy Kengash deputatlari tushuntirib berdi.
Tadbirda hududlardan ishtirok etuvchilar ham o‘z fikrlarini bildirdi. Masalan, xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi rahbari Mahmud Yesengeldiyev deputatlar tomonidan har bir so‘rovda partiyaviy manfaatlar aks etishi va bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda deputatlik so‘rovini yuborish tartibi, mexanizmlarini hamda huquqiy asoslardan to‘laqonli foydalanish zarurligini qayd etdi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Feruza Rahimova deputati so‘rovini yuborish tartibining bugungi holati, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi borasida qanday samarali tizim yo‘lga qo‘yilganiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar deputatlik faoliyati kafolatlari hamda mansabdor shaxslarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyati oshishiga mustahkam zamin yaratishi ta’kidlandi.