Mahalladagi muloqotda aholi murojaatlari tinglandi

 

Yangibozor tumani 15-son maktabda «Yangiyop» mahallasi saylovchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati U.Qo‘chqarov, tuman IIB boshlig‘i I.Tajimuratov, «Xalq qabulxonasi» tuman bo‘limi boshlig‘i, Milliy gvardiya Yangibozor tumani bo‘limi xodimi, «Yangiyop» MFY raisi va mas’ul xodimlari, maktab direktori ishtirok etdi.

Uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Xususan, subsidiya olishda yordam so‘raldi. Shuningdek, mahalla hududidagi daydi itlar aholi uchun xavf tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Murojaatlar orasida mahallaning yo‘l harakatlaridagi serqatnov bo‘lgan qismlarida svetofor o‘rnatish, internet va uyali aloqa sifatini yaxshilash uchun to‘lqin tarqatish moslamasiga ehtiyoj borligi qayd etildi. Fuqarolar tungi klublar faoliyatiga chek qo‘yish zarurligi bo‘yicha ham takliflar berdi.

Har bir murojaat yuzasidan bo‘yicha mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘rganishlar o‘tkazilib, tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rilishi belgilandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish