“Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni ovlash mumkinmi?”
“Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni ovlash mumkinmi?”

 

O‘zbekiston XDP deputati boshqarma boshlig‘idan tushuntirish so‘radi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Rahimbergan Yusupov viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i K.M.Shermatovga deputat so‘rovi yubordi.

Gap shundaki, partiyaning hududiy kengashlari va mahalliy Kengash deputatlari tomonidan “Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma berish” amaliyoti tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida hududlarda ovchilik xo‘jaliklarining tashkil etilmagani, so‘ngi 3 yilda yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma berilgan ovchilar soni, keyingi 5 yil davomida ruxsatnomasiz ov qilish holatlarining aniq tahliliy ma’lumotlari yuritilmaganligi aniqlangan.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, joriy yilning 25-fevral kuni mas’ullarga so‘rov yuborildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish