O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi G‘allaorol tuman kengashidagi 65 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga 4546 nafar partiya a’zolari birlashgan. Shundan 2375 nafari xotin-qizlarni, 2319 nafari yoshlarni tashkil etadi.
Tuman kengashining ish rejasiga binoan 2025-yil mart-aprel oylarida barcha boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilishi belgilangan.
«Qo‘ytosh shaharcha fuqarolar yig‘ini» boshlang‘ich partiya tashkilotida ham ana shunday tadbir bo‘lib o‘tdi.
Hisobot saylov yig‘ilishida O‘zXDPning dasturiy maqsad va vazifalari, mafkurasi va siyosatining mazmun mohiyati partiya a’zolari, uni qo‘llab-quvvatlovchi aholi, elektorat vakillari orasida keng targ‘ib qilishda partiyaning eng quyi bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich partiya tashkilotlarining o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi. Boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etilishi partiyaning ustuvor vazifalarini sifatli amalga oshirilishini ta’minlash zarurligiga qaratildi. Bugungi kunda boshlang‘ich tashkilotida 51 nafar a’zosi bo‘lib shundan 26 nafari yoshlar 23 nafari ayollardan tashkil topgan.
Yig‘ilishda BPT raisi, tuman kengashi deputati A.Ismailovning o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Jumladan, Aholiga ijtimoiy va kommunal xizmat ko‘rsatishni yaxshilash borasida 2024 yilda tegishli tashkilotlarga 21 ta deputatlik so‘rovi jo‘natilib, shundan 16 tasi ijobiy hal etilgani va yana qator ishlar haqida ma’lumot berildi.
Muzokaraga chiqqan partiya faollaridan X.Tugalov, A.Boliyev, M.Normatov va S.Shodmonova partiya a’zolari safini kengaytirish, bitta kitob do‘koni ochish kerakligi, dorixonalarda oddiy dorilarni topish qiyinligi va tez tibbiy yordam avtomashinalari yetishmasligi, ta’lim muassasalarida ota-onalar universitetini yo‘lga quyish bo‘yicha takliflarini berdilar. Ushbu takliflar tuman kengashi va deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.
Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati qoniqarli deb baholanib, BPT yetakchisi etib Akmal Ismailov qayta saylandi. Tadbir yakunida 5 nafar yigit-qizga a’zolik guvohnomalari va faol partiya a’zolariga faxriy yorliq topshirildi.
Urganch shahridagi 2-sonli Oilaviy poliklinikasi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi ham belgilangan talablar asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi partiya g‘oyalarini targ‘ib qilish va axborot siyosati bo‘limi boshlig‘i N.Masharipova, partiyaning Urganch shahar kengashi raisi O.Babajanov, 2-sonli Oilaviy poliklinika bosh shifokori B.Xudayberganova partiya faollari qatnashdilar.
Tadbirda boshlang‘ich partiya tashkilotida 2024-yilda qilingan ishlar yuzasidan axborot berildi va 2025-yil uchun ish rejasi tasdiqlandi.
Hisobot-saylov yig‘ilishida boshlang‘ich partiya tashkilotining yangi tarkibi saylandi. Tashkilot qoshidagi BPT raisligiga Baxtigul Xudayberganova nomzodi ko‘rsatildi va barcha partiya faollari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.