Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi va partiya Markaziy Kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Jumladan, ular viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasida bo‘lib, tizimdagi holat bilan tanishdi.
Ishchi guruh tibbiyot muassasalarining faoliyatini tahlil qilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti hamda shifokorlar va tibbiyot xodimlarining ish sharoitlari bo‘yicha nazorat olib bordi.
Ishchi guruh a’zolari mavjud muammolar bo‘yicha tavsiyalar berib, tibbiy xizmatni yaxshilash, aholining dori-darmon bilan ta’minlanishini optimallashtirish hamda ish sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan takliflarini ilgari surdi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari viloyatidagi Bandlikka ko‘maklashish markazida o‘rganish ishlarini olib bordi. Mutaxassislar markazning mehnat bozoridagi faoliyati, aholining bandligi va ishsizlik darajasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
Ishchi guruh markaz tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish jarayonlarini ko‘rib chiqdi.
Aytish kerakki, har bir yo‘nalishdagi o‘rganish natijalari asosida tegishli taklif va xulosalar shakllantiriladi. O‘zXDP ishchi guruhi aholining bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishsizlik darajasini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.