Deputat — hokim sayyor qabul o‘tkazdi
Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi, tuman xokimi Sadritdin Mo‘minov Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazida “Olahamak” mahallasi fuqarolari yig‘inida yashovchi aholi uchun sayyor qabulni tashkil etdi.
Qabulda fuqarolardan kredit ajratish, ishga joylashtirish, aliment undirish, moddiy yordam, yo‘l ta’miri kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ularning ayrimlari joyida hal etilib, vaqt talab etiladiganlari bo‘yicha tegishli idoralarga muddatlar belgilanib, topshiriqlar berildi. Murojaatlarni to‘liq va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.