Toshkent shahar hokimiga deputatlik so‘rovi yuborildi
Toshkent shahar hokimiga deputatlik so‘rovi yuborildi

 

Toshkent shahar planetariysi poytaxtimizdagi bolalar tashrif buyuradigan ilmiy-madaniy qimmatga ega noyob maskanlardan biridir. Uning hududida yuzlab ko‘p yillik manzarali daraxtlar bor.

Ushbu planetariyning “Toshkent invest kompaniyasi” AJga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib berilishiga oid tarqalgan xabarlar jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Odiljon Iminov ushbu masala yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etish va asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘rab, Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzoqovga deputatlik so‘rovi yubordi.

“Mazkur obyektning madaniyat boshqarmasidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi hamda tijorat maqsadlarida foydalanilishi bolalarning sevimli maskanidan ayrilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi so‘rovda.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish