O‘zbekiston XDP Buxoro tuman kengashi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning siyosiy bilimini oshirish maqsadida 3-IDUMda “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi vakili M.Nizomiddinov, viloyat kengashi vakili Sh.Nabiyeva, partiya faollari va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning o‘z tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishda partiya tashkilotlari va deputatlarning vazifalari, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Qolaversa, br guruh yig‘it-qiz o‘z faoliyati va startap loyihalari haqida so‘zlab berdi. Qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashib, o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
Tadbir yakunida partiya safiga yangidan qabul qilingan bir qator yoshlarga a’zolik guvohnomalar va esdalik sovg‘alar topshirildi.