Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha loyiha
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha loyiha

 

Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari "Hofizrabot" mahallasida yashovchi bir guruh fuqaroning murojaatini o‘rgandi, deb xabar qiladi Buxoro viloyat partiya kengashi. Xabarda ta’kidlanishicha, deputatlar mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab olgan.

Xususan, tumandagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida mahallada 2 km yo‘lni shag‘allashtirish loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu tashabbus mahalliy aholining transportda harakatlanishi uchun qulaylik yaratish, zamonaviy infratuzilma shakllantirish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

Deputatlar ushbu loyihaning amalga oshirilishini nazorat qilib boradi va kelgusida mahalladagi boshqa infratuzilma masalalarini hal etish yuzasidan choralar ko‘rishini ma’lum qildilar.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish