O‘zbekiston nufuzli tadbir mezboni bo‘ladi
O‘zbekiston nufuzli tadbir mezboni bo‘ladi

 

Yangi O‘zbekiston bugungi kunda katta nufuzli tadbirga tayyorgarlik ko‘rmoqda, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi 5-9 aprel kunlari yurtimizda o‘tkaziladi. Mazkur yirik tadbir mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim tarixiy voqea sifatida muhrlanadi.

Dunyodagi ushbu nufuzli tuzilma barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasiga ega mamlakatlarda o‘zining oliy organi – Assambleya yig‘ilishlarini o‘tkazadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilganini tasdiqlaydi.

“Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusida o‘tkaziladigan assambleyaning turkum yig‘ilishlarida jahon mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari qator yo‘nalishlarda muhokamalar olib boradilar. Xususan, aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish; qonun ustuvorligini ta’minlash; inson huquqlarini himoya qilish; gender tenglikni ta’minlash; ilm-fan, texnologiyani rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bu, mavzular albatta, bejizga tanlanmagan. Chunki, keyingi yillarda mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida ushbu sohalarda muhim ijobiy natijalarga erishildi. Avvalo, kambag‘allik mamlakatimizda rasman tan olinib, uning oldini olish uchun alohida vazirlik tashkil etildi hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida yo‘l xaritalari tasdiqlandi.

Bosh qomusimizning 1-moddasida ijtimoiy davlat tamoyili mustahkamlandi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston-2030 strategiyasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish maqsad qilib olindi.

Assambleya O‘zbekistonning mana shunday ijobiy tajribasini jahon mamlakatlari bilan bo‘lishish, o‘rtoqlashish imkoniyatini ham beradi.

 

Dilbar Mamadjanova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish