Huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi S.Imamova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida bo‘lib, o‘rganishlar olib bordi.

Dastlab deputat tumandagi “Navoiy” ovul fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” bilan muloqot qilib, mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

Shuningdek, profilaktik hisobda turgan fuqaro U.Echjanovning ish joyiga borib u bilan muloqot qildi. Ma’lum bo‘lishicha, U.Echjanov mahalladagi hokim yordamchisidan 31 mln. kredit olib avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur jihozlar sotib olgan. O‘z tadbirkorligini boshlagan fuqaro to‘g‘ri yo‘lga qaytgan.

Shundan so‘ng, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, 1976-yil tug‘ilgan, boquvchisidan ayrilgan, 5 ta farzandi bor A.Razzaqovaning xonadoniga borib holidan xabar olindi va homiylar tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Deputat “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali ko‘chatlar ekishda ham ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish