Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi X.Ibragimova aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, muammolarni tezkorlik bilan joyida hal etishga qaratilgan “Deputat mahallada” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazdi. Xususan, “Muqimiy” mahallasi binosida shu hududda yashovchi fuqarolar uchun ochiq muloqot tarzda sayyor qabul uchrashuvi tashkil etildi.
Deputat xalq bilan qanchalik ko‘p muloqot qilsa, aholi kundalik hayotdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan shunchalik voqif bo‘lib boradi, muammolar yechimi tezlashadi, odamlarda ertangi kunga ishonch ortaverishi ta’kidlab o‘tildi.
Muloqotda aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalarda murojaatlar bo‘ldi. Fuqarolar yoshlarning bandligini ta’minlash, kommunal to‘lovlar, mahallani ichki ko‘chalarini ta’mirlash masalasida murojaat qilishdi.
Deputat X.Ibragimova har bir masalani o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini berdi. Aholi vakillari tomonidan bildirilgan murojaatlarni to‘liq va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.