Vetnam Milliy majlisi raisi bilan uchrashuv
Vetnam Milliy majlisi raisi bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Toshkent shahrida Vetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Vetnam hukumati Bosh vazirining o‘rinbosari Chan Xong Xa, ushbu mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Dang Min Kxoy va boshqa mutasaddilar ham ishtirok etdi.

U.Inoyatov mehmonlarga Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsad-vazifalari, faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berib, partiyalararo munosabatlarni yanada rivojlantirish, turli ijtimoiy yo‘nalishlarda tajriba almashish muhim ekanini ta’kidladi.

Janob Chan Txan Man savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Vetnam hamkorligi ijobiy rivojlanayotganini qayd etib, jamoat va yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish istagini bildirdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish