
Quyi palataning bugungi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Unda fraksiyamiz a’zolari Qizilgul Qosimova va Dilbar Mamadjanova ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritish faqat jabrlanuvchining arizasi asosida boshlanishi, aks holda, ish yuritish istisno qilinishi haqidagi qo‘shimcha jazoning muqarrarligi tamoyiliga mos emasligini bildirdi. Xususan, bunday o‘zgarish jabrlanuvchining ariza bilan murojaat qilish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaat qilish imkoniyatini cheklab qo‘yishi mumkinligi qayd etilib, fraksiyamizning tegishli taklifi berildi.
Majlisda fraksiyamiz taklifi qo‘llab-quvvatlangan holda, tegishli qaror qabul qilindi.