Samarqand shahar kengashi faoliyatini sarhisob qildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Samarqand viloyat axborot xizmati.

Unda partiya shahar kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi partiya guruhining 2024-yildagi faoliyatiga aloqador masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab kun tartibidagi masala yuzasidan shahar partiya kengashi raisi R.Hakimovning hisoboti tinglandi. Hisobotda erishilgan natijalar e’tirof etilib, boy berilgan imkoniyatlar tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, plenumda 2025-yildagi reja va maqsadlarni amalga oshirish uchun partiya kengashi, deputatlar faoliyatini takomillashtirish zarurligi, aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy masalalarga oid yangi tashabbuslarni ilgari surish borasida fikrlar bildirildi.

Xususan, partiya a’zolari, deputatlar va partiya faollari shaharning har bir hududidagi ijtimoiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan aniq amaliy chora-tadbirlarni belgilab olishi muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi. Buning uchun shahar partiya kengashi va deputatlar aholi bilan yaqin aloqalarini rivojlantirishi, keng jamoatchilikni partiya dasturlari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratishi zarurligiga urg‘u berildi.

Plenumda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish