Samarqandda sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar o‘rganilmoqda

 

Bu haqida O‘zbekiston XDP Samarqand viloyat kengashi axborot xizmati xabar qilmoqda. Unda aytilishicha, partiya Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova, boshqarma boshlig‘i Mavjuda Hasanova, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari viloyatida keng qamrovli ijtimoiy o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Ishchi guruh a’zolari viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bir qator muammo va takliflarini eshitdi.

Shundan so‘ng Samarqand tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida muassasada tahlillar olib borildi. Shu bilan birga, partiya faollari tuman markaziy poliklinikasida bo‘lib, u yerdagi vaziyat bilan tanishdi.

Poliklinika faoliyati o‘rganilganda elektron tizimga to‘liq o‘tilmagani ma’lum bo‘ldi. Muassasadagi ijtimoiy dorixonalar faoliyati ko‘zdan kechirilib, malakali hamshiralar tomonidan shtat jadvali qayta ko‘rib chiqilish taklifi berildi.

Viloyatdagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish