Aholining turmush tarzi o‘rganildi
Hududlardagi aholi, ularning yashash tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlar ijrosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Shermatov tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarning eng asosiy mazmunini tashkil etdi.
Xususan, aholi salomatligini saqlash borasidagi kamchiliklar, ularning oldini olish bo‘yicha mutasaddilar bilan kelishib olindi. Shu bilan birga, hududlarda aholini dam olishi, ish bilan ta’minlash borasida muammolarni sohaga daxldor tashkilotlar bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.